213

Poytaxtimizda “Kitob – kamolot kaliti” II xalqaro koʻrgazma-yarmarkasi ish boshladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan 6-7-aprel kunlari Toshkent shahar Hazrati Imom majmuasining ochiq osmon ostidagi maydonida “Kitob – kamolot kaliti” II xalqaro koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkazilmoqda.

Bugun mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom instituti, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Qozogʻiston hamda Turkiya noshirlik uylari, yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir qator nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob doʻkonlari vakillari o‘zlarining ilmiy, maʼrifiy va badiiy kitoblari bilan ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari va talabalari ham qatnashdi.

Koʻrgazmada 40 dan ortiq xorijiy va mahalliy nashriyotlar, bosmaxonalar va ilmiy markazlar diniy-maʼrifiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.

Izoh qoldirish