254

Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni talabalarga yetkazish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, “Islomshunoslik va islom islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov, Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘tkir Hasanboyev so‘zga chiqib, yoshlarni yot g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetini yanada oshirish, ta'lim muassasalari talabalarining bilimlarini mustahkamlash, yoshlarning mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta'minlash masalalari haqida so‘z yuritdi. 

Muloqot davomida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, ayniqsa, bu borada 2021-yil 5-iyulda davlatimiz rahbari tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingani katta ahamiyatga ega voqelik bo‘lganini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.  

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish