243

Akademiyada oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda konferensiya o‘tkazilmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida BMT modeli loyihasi” mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent xalqaro Westminster universiteti, Toshkent shahridagi Webster universiteti, Toshkentdagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti filiali talabalari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berishdi. Konferensiya ishtirokchilariga omad tilashdi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar anjuman ishini sessiyalarga bo‘lingan holda davom ettirilib, unda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Har bir delegat Birlashgan Millat Tashkiloti tarkibiga kiruvchi o‘ziga biriktirilgan mamlakat haqida ma’lumot berdi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad Oʻzbekistonda BMT Modeli talabalarni erkin va mustaqil fikrlab oʻz nuqtayi nazarini aniq bayon etish qobiliyatini shakllantirish hamda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli bu BMT qanday ishlashi haqida koʻproq maʼlumot ega boʻlishni istaganlar uchun mashhur faoliyat turi hisoblanadi. Dunyo boʻylab har yili yuz minglab talabalar bu loyihada, taʼlim yoʻnalishlaridan qatiy nazar qatnashib oʻzlari uchun maʼlumotlarga ega boʻladi. 

Mazkur model butun dunyo boʻylab BMT va BMT Modeli ishtirokchilari oʻrtasida mustahkam aloqalarni oʻrnatish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 

Konferensiya ertaga – 1-aprelda o‘z ishini yakunlaydi. Unda anjumanda bildirilgan masalalar yuzasidan rezolyutsiya qabul qilinish belgilangan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish