206

Akademiya Jamoatchilik kengashining majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya Jamoatchilik kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Kengash raisi Iqbol Mirzaaliyev hamda ta’lim, madaniyat, san’at, adabiyot sohalarining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan tarkib topgan Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

Taʼlim jarayonida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, “ustoz-shogird” an’analari, ma’naviyat, ma’rifat, san’at yo‘nalishida qobiliyatlarini yanada yuksaltirish, jamiyatda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarda Akademiya faolligini oshirish, oliy o‘quv yurtlari, professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali taʼlim sifati va ilmiy salohiyatini yangi bosqichga koʻtarilishiga koʻmaklashish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Kun tartibi bo‘yicha dastlab O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Kengash raisi Iqbol Mirzaaliyev Akademiya Jamoatchilik kengashining yangi tarkibini tanishtirib, Kengash a’zolarining kelgusidagi vazifalari xususida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha tadbirlar tashkil etish haqida fikrlar bildirildi. 

Majlis davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi akademik litseyning ijrochi direktori Feruz Rashidov Akademik litseyning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqida ma’lumot berdi.

Kengash yakunida turli masalalar haqida so‘z yuritildi. Istiqboldagi muhim vazifalar belgilab olindi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish