227

Talaba va magistrlar uchun mashg‘ulot darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” tomonidan “Yosh faylasuflar” to‘garagi doirasida “Maqola qanday yoziladi?” mavzusida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.

Onlayn va offlayn formatda o‘tgan davra suhbatida kafedra professor-o‘qituvchilari, to‘garak rahbarlari – Matluba Qahhorova, Botir Valiyev va Mo‘minjon Xo‘jayev hamda talaba-magistrlar ishtirok etdi.

To‘garakni kafedra mudiri Farhod Karimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Botir Valiyev va Mo‘minjon Xo‘jayev maqola yozilishida adabiyotlar bilan ishlash va kirish qismini yozish ko‘nikmasi bo‘yicha o‘z bilimlarini o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, talaba-magistrlar tanlangan mavzuning dolzarbligi xususida tushunchalar hosil qilishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish