Yangi tahrirdagi Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda
Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy voqelik – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Joylarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati aks etgan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim bo‘limi boshlig‘i Suxrob Xidirov hamda kechki ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
Davra suhbatida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Azamat Nazarov yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida talabalarga ma’lumot berishdi.
Bosh qomusimizning yangi tahriri yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.
Insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti ishlab chiqilgani e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish