Akademiya doktorantlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dono Qalandarova, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa doktori, PhD Mo‘minjon Xo‘jayev hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ra’no O‘razova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Davra suhbati davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.
Ma’ruzachilar o‘z nutqida yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala ekanligi hamda adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamligini aytib o‘tdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini his ettirish hamda siyosiy savodxonlik darajasini yanada oshirishga qaratilgani alohida e’tirof etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish