Yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati tushuntirildi
Ayni paytda yurtimizda 30-aprel – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumiga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.
Shu bois, joylarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi mazkur yirik voqelikning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan tadbir ana shu muhim mavzuga bag‘ishlandi.
“Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Akademiya prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘lishini, unda talaba-yoshlar faol ishtirok etishi zarurligini qayd etdi.
Davra suhbatida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Bektosh Berdiyev hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ra’no O‘razova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilgan normalar, bandlar, moddalar batafsil sharhlab berildi.
Davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi orqali o‘z siyosiy irodasini namoyon qilishi ta’kidlandi.
Muloqot yakunida ma’ruzachilar talabalarning savollariga atroflicha javob berishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish