226

Ofitserlar uchun navbatdagi malaka oshirish oʻquvlari yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qoʻmondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yoʻnalishida malaka oshirish oʻquvlari tashkil etildi. 72 soatga mo‘ljallangan mazkur oʻquvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi.

Mazkur malaka oshirish oʻquvlaridan koʻzlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik gʻoyalari toʻgʻrisida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot gʻoyalar: ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik gʻoyalariga qarshi kurashda immunitetlarini mustahkamlashdan iborat. 

Tinglovchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini samali va mazmunli tashkil etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tadbirlar rejasiga muvofiq, dars mashgʻulotlaridan soʻng tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi “Hazrati imom” majmuasi hamda Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflar uyushtirildi. 

Shuningdek, tinglovchilar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasida saqlanayotgan “Usmon musʼhafi” va boshqa qadimiy kitoblar bilan yaqindan tanishdilar. Akademiya hududida joylashgan “Yunusxon”, “Qaldirgʻochbiy” va “Shayx Hovandi Tohur” maqbaralarini ziyorat qilib, ularning tarixi va qayta tiklanish jarayonlari haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Oʻquv kursi yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish