209

“Ziyo” media markazida “Imom Moturidiy” radioinssenirovkasini yozish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo” media markazida taniqli yozuvchi Luqmon Bo‘rixon asari asosida ko‘p qismli “Imom Moturidiy” radioinssenirovkasini yozish jarayoni boshlandi. 

Rollarni esa xalqimiz suygan kino va teatr aktyorlari esa – Boir Xolmirzayev, Tohir Saidov, Mehriddin Rahmatov, Muqaddas Xoliqova va boshqa yosh iste’dodlar ijro etmoqda. Imom Moturidiy rolini esa O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Tesha Mo‘minov ijro etmoqda.

Radiopostanovka rejissori sifatida Alisher Amirov mehnat qilmoqda. 

Tez kunda mahoratli ijodkorlardan yangi radioserialni tinglashingiz mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
Matbuot xizmati

Izoh qoldirish