247

Akademiya doktorantlari bilan muhim mavzuda muloqot o‘tkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining doktorantura, tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, mustaqil tadqiqotchilari bilan “Akademiya oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichida 2023-yildagi faoliyati: istiqbolli rejalar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, Akademiya ixtisoslashtirilgan kengash raisi Davronbek Maxsudov, Akademiya rektori maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dono Kalandarova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.

Muloqotda doktorantlarning himoya rejalari, ilmiy tadqiqot samaradorligi masalalari yechimida ilmiy rahbar va kafedra uygʻunligi oʻz muddatida bajarilishi ta’kidlandi. Ilmiy faoliyatda xalqaro safarlar masalasi, uning normativ-huquqiy asoslari borasida so‘z yuritildi. 

Tadbir yakunida Akademiya ichki tartib qoidalari, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichi faoliyatining amalga oshirish mexanizmining barcha huquqiy asoslari yana bir bor eslatib oʻtildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish