319

Ikki nazm sarboni

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqimizning ikki buyuk shoiri – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bagʻishlangan “Ikki nazm sarboni” mavzusida talaba-qizlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Akademiya talabalar turar joyida tashkil etilgan tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Muqaddas Rahmatullayeva, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira, “Doʻstlik” ordeni sohibasi Sayyora Toʻychiyeva ishtirok etdi.

Davra suhbatida mamlakatimizda adabiyot va madaniyat rivoji, Alisher Navoiy va Bobur ijodining oʻziga xos qirralari, mumtoz adabiyotimizning taraqqiyoti yoʻlida olib borilayotgan ma’naviy-maʼrifiy islohotlar haqida soʻz bordi. Navoiyning “Xamsa”, Boburning “Boburnoma” asarlarida ayol timsoliga boʻlgan hurmat, yaxshilik va ezgulikning yorqin jihatlari hayotiy misollar orqali talabalarga yetkazildi. Oʻz navbatida talaba-qizlarning  ushbu asarlar haqidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

   

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish