Davra suhbati foydali va mazmunli o‘tdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi: bugun va istiqbol” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi siyosiy sharhlovchisi Abror G‘ulomov ma’ruza qildi.
Ilmiy seminarda ikki mamlakat tarixan til, din va madaniy mushtaraklikka egaligi, bugungi kunda O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport, logistika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik munosabatlari dinamik tarzda rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Xususan, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi siyosiy sharhlovchisi Abror G‘ulomov O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tarixini, rivoji va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro do‘stlikka asoslangan mushtarak siyosati tobora mustahkamlanib borayotgani e’tirof etildi.
O‘zaro savol-javob, samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish