509

Temur tigʻi yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 9-fevral – Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan “Temur tigʻi yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyotmuzeyi direktor oʻrinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Otabek Joʻraboyev, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻqituvchisi, navoiyshunos olima Mamlakat Latipova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boʻlim muharriri, katta leytenant Islomjon Qoʻchqorov, notiq Rustam Turdiyev, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va  ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda“Alisher Navoiy – barcha zamonlarning buyuk insoni”, “Navoiy asarlari tili”, “Yurakning har dukurida Vatan degan shaxd bor”, “Notiqlik – soʻzni qoʻllay olish sanʼatidir” kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.

Tadbirni “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, dotsent Farhod Karimov ochib berdi. Mehmonlarga minnatdorlik bildirib, soʻzni Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktor oʻrinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Otabek Joʻraboyevga berdi.

Olim o‘z maʼruzasida hazratning umri davomida qilgan yaxshiliklari, obodonlashtirish ishlariga qoʻshgan hissasi, ilm ahliga koʻrsatgan eʼtibor va yordami haqida qiziqarli maʼlumotlarni keltirib oʻtdi. Navoiyshunos olima Mamlakat Latipova esa Alisher Navoiy haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

– Navoiy asarlarini oʻqish har birimizning juda foydali. Uning asarlarini nafaqat nasriy bayoni orqali, balki oʻz yozilgan usuli orqali mutolaa qilishimiz kerak. Buning uchun esa, albatta, hazrat asarlarining tilini oʻrganishimiz, tahlil qilishimiz, bu boradagi bilimlarimizni boyitishimiz kerak, – dedi Mamlakat Latipova. 

So‘zga chiqqanlar Navoiy tilini oʻrganish asarlar mohiyatini yanada toʻliq va batafsil tushunishda yordam berishini taʼkidlashdi. Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boʻlim muharriri, katta leytenant Islomjon Qoʻchqorov tomonidan o‘qilgan she’rlar tadbirga yanda fayz ulashdi.

Tadbir davomida mehmonlar samimiy muloqot uchun minnatdorlik bildirdi hamda Akademiya talabalar turarjoyi maʼnaviyat xonasi uchun kitoblar tuhfa qilishdi. 

Shundan soʻng tadbirning ikkinchi qismi intellektual bahslar boshlandi. Kahoot platformasi orqali talabalar oʻrtasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid savollar asosida musobaqa oʻtkazildi. Gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilarning maxsus sovgʻalari taqdim etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish