Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi
Poytaxtimizda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shozaim Minovarov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorlari, olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Konferensiya qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi muzey konsepsiyasini takomillashtirish, uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni izchil va sifatli bajarish mavzularini muhokama qilishdi. Soha olimlari Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ma’qulladi. Ayni paytda, o‘zbek ma’rifatparvarlari – jadidlar, vaqf, tariqatlar, islomdan oldingi davr mavzulariga ko‘proq ahamiyat berish zarurligini ta’kidlandi. Berilgan takliflar asosida tavsiyalar ishlab chiqilishi qayd etildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish