Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Ichki ishlar vazirligi Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. 72 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda 15 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan “Islom va zamonaviy musulmon jamiyati”, “Salaviylik g‘oyalari va ularga ilmiy raddiyalar”, “Hizbut-tahrir”ning mintaqadagi faoliyati va uning barqarorlikka tahdidi”, “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalarning o‘zga xos xususiyatlari”, “Ekstremistik tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati tahlili”, “Missionerlik: mohiyat, maqsad va oqibatlari”, “Yot g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni ijtimoiylashtirish masalalari”, “Moturidiya ta’limoti asoslari (aqida masalasi)” kabi mavzularda dars mashg‘ulotlari olib borildi.
Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad xodimlarda islom dinining ma’rifiy mazmunga ega bo‘lgan diniy tushunchalari, islom manbalaridagi insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda shaxsiy tarkib va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalariga qarshi kurashda immunitetlarini mustahkamlashdan iborat.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish