321

Hamkorlikda ilmiy-ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Psixosemantik tadqiqotlar” laboratoriyasining yetakchi mutaxassisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Olga Mitina bilan ilmiy-ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Akademiyaning “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. 

“COVID-19 pandemiyasi global psixologik eksperiment sifatida: tadqiqot imkoniyatlari va natijalari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda hozirgi zamon psixologiya fani, shu jumladan, din psixologiyasining rivojlanish istiqbollari hamda sohadagi mavjud muammolar muhokama qilindi. 

Davra suhbatida har ikki oliy ta’lim muassasasi talabalari pandemiya davri insoniyat hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani va shaxs psixikasi va ruhiyatida qanday o‘zgarishlar hosil qilgani haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldi. Hayotda ro‘y beradigan ekstremal vaziyatlar jamiyat rivojida shaxsning o‘rni qanday ekanligi haqida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishdi. Ta’kidlash joizki, mazkur uchrashuvda hosil qilingan xulosalar talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari uchun tadqiqot obyekti bo‘lib xizmat qiladi. 

 

 

 

Izoh qoldirish