417

Hindistonlik professor Akademiya mehmoni bo‘ldi

Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi Lal Bahadur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi direktori, professor Chander Shekhar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Akademiya Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-taqdiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.

Muloqotda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sohaga oid ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan o‘zaro fikr almashish kabi masalalarda suhbatlashildi.

O‘zbek va hind xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishi, jumladan, Buyuk ipak yo‘li davrida xalqlarimiz o‘rtasida nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy va gumanitar sohalarda ham yaqin munosabatlar bo‘lgani alohida qayd etildi. Ayniqsa, ilm-fan borasida erishilgan yutuqlar o‘z samarasini ko‘rsatib, bugungi kunda ham ushbu sohadagi aloqalar muntazamlik kasb etgani ta’kidlandi.

Samimiy muloqot davomida so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida yaratilgan sharoitlar, muassasalarning ilmiy salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida mehmon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyatiga samimiy muloqot, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar bildirilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alarini ulashishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish