222

Matius Xo: "O‘zbekistonda azaldan turli madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan"

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchisi, Leymen instituti ijrochi direktori Matius Xo (Indoneziya) “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida forumda ishtirok etishdan kutayotganlari haqida gapirdi.

– “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini o‘tkazish borasida O‘zbekiston dunyoda katta o‘rin tutadi. Forum jahon hamjamiyatining yetakchi ma’naviyat yetakchilari o‘rtasidagi muloqot va fikr almashish uchun ajoyib maydondir. Samarqand va Buxoro butun islom olami uchun alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston azaldan turli madaniyat va din vakillari bilan tinch-totuv va ahil-inoq yashab kelayotgan maskan bo‘lib kelgan. Mehmondo‘stlik, qalb saxovati, chinakam bag‘rikenglik o‘zbek xalqiga azaldan xos bo‘lib, uning mentalitetiga asos bo‘lib kelgan.

O‘zbekistonda din sohasini liberallashtirish, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, aholining diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoit yaratish siyosati izchil va muttasil olib borilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.

Izoh qoldirish