Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy stipendiyalar va treninglar tanlovi
E’LON
COMSTECH kotibiyati tomonidan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning yosh tadqiqotchilari, muhandislari, mutaxassislari va olimlari uchun Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning ilmiy-texnika taraqqiyotini ilgari surish, o‘zaro tajriba va bilim almashish uchun ilmiy stipendiyalar va qisqa muddatli treninglar tashkil etilmoqda.
Mazkur tanlov quyidagi dasturlar uchun mo‘jallangan:
COMSTECH – Ilmiy stipendiya dasturi (Research Fellowship Programme);
COMSTECH – Virusologiya va vaksina texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar va ilg‘or treninglar uchun stipendiyalar (Fellowships for Research and Advanced Training in Virology and Vaccine Technologies);
COMSTECH – Texniklar tayyorlash dasturi (Technicians Training Programme);
COMSTECH – IHTda eng kam rivojlangan mamlakatlar (LDCs) uchun tadqiqot stipendiyalari (Research Fellowships for Least Developed Countries (LDCS) in OIC);
COMSTECH – IHTda kam rivojlangan mamlakatlardagi (LDCs) ayol olimlar uchun tadqiqot stipendiyalari (Research Fellowships for Women Scientists in Least Developed Countries (LDCs) in OIC);
COMSTECH xalqaro aviachipta va viza toʻlovini o‘z zimmasiga oladi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish