Akademiyaning yana bir o‘qituvchisi Ozarbayjon ilohiyot institutida ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasida o‘qituvchi Mohira Abdullayeva “Islamic Religous Media space of domain “uz” mavzusida Ozarbayjon ilohiyot instituti o‘qituvchi va talabalariga ma’ruza qildi.
Ma’ruzada axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan muhim o‘zgarishlar, xususan, diniy jarayonlarga ta’siri, O‘zbekistondagi ko‘p millatli aholining o‘z dinlariga oid masalalarni internet orqali o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.
Mazkur mavzu institut jamoasi tomonidan katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Ma’ruza yakunida Ozarbayjon ilohiyot institutida ma’ruza o‘qigan va stajirovkadan muvafaqqiyatli o‘tgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Akademiya vakillarining Ozarbayjon ilohiyot institutiga amalga oshirgan samarali xizmat safari shu bilan o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish