“Diniy-ma’rifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul: suhbat-imtihon jarayonlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2026/2027-o‘quv yili uchun “Diniy-ma’rifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul jarayoni doirasida suhbat-imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
Mazkur mutaxassislik bo‘yicha jami 36 nafar talabgor hujjat topshirgan bo‘lib, ularning 32 nafari erkaklar, 4 nafari ayollardan iborat. Suhbat-imtihon jarayonlari 2026-yil 29 sentabr kuni soat 09:00 dan boshlandi.
Jarayonlar Akademiyaning A-209-xonasida, talabgorlarning bilet olishi va tayyorgarlik ko‘rishi uchun zarur sharoitlar esa A-207-xonada tashkil etildi. Suhbatni o‘tkazuvchi Maxsus komissiya a’zolariga imtihon jarayonining vaqti, tartibi va belgilangan talablar yuzasidan tegishli ma’lumotlar yetkazildi.
Suhbat davomida talabgorlarning diniy-ma’rifiy bilimlari bilan bir qatorda huquqiy savodxonligi, boshqaruv va liderlik qobiliyatlari, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari, strategik va tahliliy fikrlashi, tashabbuskorligi, innovatsion yondashuvi hamda notiqlik mahorati belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Qabul jarayonlarini shaffof, xolis va belgilangan tartib asosida o‘tkazish maqsadida Akademiya tomonidan zarur tashkiliy sharoitlar ta’minlandi.
Mazkur suhbat-imtihonlar orqali diniy-ma’rifiy sohada zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega, bilimli, tashabbuskor va yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashga munosib nomzodlarni aniqlash maqsad qilingan.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish