Akademiya prorektori xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Boshqirdistondagi Rossiya islom universitetida “Islom va ta’lim” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum doirasida “XXI asr ta’lim tizimida islom ideallari va qadriyatlari” mavzusida XIII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Onlayn formatda tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Mamadiyev ishtirok etib, ma’ruza qildi.
Konferensiya “Yevroosiyo makonida islom ta’limining shakllanishi va hozirgi holati”, “Xorijiy davlatlarning islom va diniy ta’lim sohasidagi zamonaviy tajribasi”, “MDH mamlakatlarida diniy ta’limni rivojlantirish istiqbollari”, “Millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda diniy ta’limning o‘rni” kabi yo‘nalishlarda ish olib borib, unda islom ta’limi bilan bog‘liq qator masalalar haqida so‘z bordi.
Anjumanda Bahrom Mamadiyev ma’ruzasi bilan ishtirok etib, yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlaridagi yangiliklarga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lam va yuksak ahamiyat kasb etayotgan diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi o‘zgarishlar O‘zbekistonning musulmon dunyosida islom sivilizatsiyasi markazi sifatida e’tirof etilishining muhim omili bo‘layotganini bildirdi.
Akademiya prorektori dunyodagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari orasida o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga ham alohida to‘xtalib, Akademiya ilmiy salohiyati, talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Bugungi murakkab va tahlikali davrda zamonaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, keng dunyoqarash, har tomonlama chuqur, fundamental bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash dolzarb vazifa ekanligini qayd etdi. Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida jahon darajasidagi zamonaviy, o‘z sohasining yetuk kadrlarni tarbiyalashga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish