Buyuk ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish muhim
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Shayx Xovandi Tohur memorial majmuasi – O‘rta Osiyoning ilmiy-madaniy markazi sifatida” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamda Rossiya Islom instituti tomonidan akademik hamkorlik doirasida o‘tkazilgan tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Buxorodagi Mir Arab oliy instituti prorektori Husayn Hamdamov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini tarix fanlari doktori, professor Saidakbar Agzamxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muxamedov “Shayx Xovandi Tohur memorial majmuasi – O‘rta Osiyoning ilmiy-madaniy markazi sifatida” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
– Shayx Xovandi Tohur ilohiyot va tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri edi, – deydi Ne’matullo Muxamedov. – Alloma Bo‘stonliqning Bog‘iston qishlog‘ida Shayx Umar Bog‘istoniy xonadonida tavallud topadi. Bu oila sulolaviy olimlar va tasavvuf tariqatlari vakillari bilan qizg‘in muloqot qilib, dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ota tomonidan xalifa Umar ibn Xattobga bog‘lanishi ta’kidlanadi. Allomaning Shayx Hovandi Tohur taxallusini olishiga sabab Shayx Umar o‘g‘li “Hovand” ismining boshiga “Tohur”ni qo‘shib qo‘yadi. “Xovand” so‘zi “Xudovand” so‘zining qisqartirilgan shakli bo‘lib, “xudojo‘y” degan ma’noni anglatadi.
Ma’ruza davomida Shayx Xovandi Tohur me’moriy obidasining qurilishi haqida so‘z yuritildi. “Shayx Xovandi Tohur” majmuasida Shayx Hovandi Tohur, Qaldirg‘ochbiy, Yunusxon maqbarasi hamda Madamin Gʻozi uyi kabi to‘rt ansambldan iborat. Shayx Xovandi Tohur sharafiga uning nabirasi Xoja Ahror Valiy tomonidan barpo etilgan. Maqbara bir necha marta qayta qurilib, o‘tgan asr boshlarida qayta ta’mirlanadi.
Davra suhbati yakunida tarixda yashab o‘tgan ajdodlarimiz ilmiy merosi, nomini yoshlarga yetkazish muhimligi, buning uchun esa bu kabi seminarlarni o‘tkazish kerakligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar tomonidan qizg‘in muhokamalar ostida o‘tgan davra suhbati uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish