1

XATARLI XURUJLAR uning oldini olish uchun nima qilmoq kerak?

Nuqtayi nazar 

Xolis e’tirof etish lozimki, bugunga kelib geosiyosatda din omili va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish borasida qo‘shtirnoq ichida ilgarilab ketgan noxolis kuchlar faolligi kundan-kunga ko‘proq kuzatilmoqda. Jamiyatlarni radikallashtirishda axborot omili, xususan, ijtimoiy tarmoqlar o‘ta samarali rol o‘ynayotgani esa sog‘lom fikrli har qanday kishini tashvishlantiradi. 

Bu hodisaning asosiy jihatlaridan quyidagilarni alohida aytib o‘tish lozim. Ancha yillardan beri din g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir vositasi sifatida ayrim geosiyosiy kuchlar tomonidan muayan hududlarda o‘z ta’sirini kuchaytirish yoki boshqaruvni beqarorlashtirish maqsadida qo‘llanmoqda. 

Bu jarayonda mazhablar va mazhablararo ziddiyatlardan o‘ta samarali foydalanish holatlari ham kuzatiladi. Jumladan, sunniy va shia mazhablari o‘rtasidagi ziddiyatlar ayrim davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini ilgari surishda qo‘l keladi. Qolaversa, sunniy mazhabi doirasida shakllangan mazhablar orasida ziddiyatlar va bahs-munozaralarni keltirib chiqarishdan bevosita manfaatdor bo‘lgan kuchlar ham yo‘q emas. 

 Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 15-avgust, 33-son 

Abdulhamid Muxtorov,

 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,

 “Ziyo” media markazi direktori

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish