344

Akademiya rektori nufuzli anjumanda ishtirok etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 6-9-dekabr kunlari Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida 49 ta davlat ishtirokida ICESCO Ijroiya Kengashining 42-sessiyasi hamda Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Ixtiyor Abdurahmonov yurtimiz delegatsiyasi a’zolari sifatida ishtirok etmoqda. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatlarining Misr Arab Respublikasiga qilgan xizmat safarlari davom etmoqda.    

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish