578

Akademiya professori Buxoro davlat universitetida mahorat darslarini o‘tdi

Har bir soha rivojida o‘zaro tajriba almashish, malakali, yetuk kadrlarni tarbiyalashda hamkorlik aloqalari muhim. Shu bois bugun yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida nafaqat mahalliy, balki dunyoning nufuzli mamlakatlaridagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari, malakali pedagoglari ham yoshlarga zamonaviy ilm-fan sirlaridan saboq bermoqda. 

Mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bugungi kunda 140 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy eng ilg‘or professor hamda o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa, Akademiya o‘qituvchilarining boshqa ta’lim muassasalarida ham mahorat dars, uchrashuvlari muntazam o‘tkazib turilishi an’anaga aylangan.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori, misrlik olim, doktor Ubayd Muhammad Buxoro davlat universiteti ustozlari va talabalariga arab tili fanidan mahorat darslarini o‘tdi.

Bir hafta mobaynida tashkil etilgan darslarda professor tinglovchilarga arab tili fanining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘qitish metodlari va texnologiyalari, nazariy hamda amaliy jihatlari borasidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.

Darslar yakunida esa Buxoro davlat universiteti rahbariyati va jamoasi mazmunli va soha bo‘yicha yangi ma’lumotlarni ulashgani uchun doktor Ubayd Muhammadga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish