1

Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun 2026/2027-o‘quv yilini boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 2-5-sentabr kunlari seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. 

Treninglar davomida zamonaviy ta’lim tendensiyalari, o‘quv va ilmiy jarayonlarga innovatsion yondashuvlar, ilg‘or xorijiy tajriba hamda ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda. 

Bugungi mashg‘ulotlarda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Dilbar Hasanova hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Murod Saparov ishtirok etib, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan chiqish qildi. 

Xususan, “L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo va Istanbul universitetlari tajribasi” hamda “Til o‘qitishda madaniy kontent: Koreya tajribasi” mavzularida fikr va tajribalar almashildi. 

Seminar-treninglar professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Izoh qoldirish