Akademiya rektori magistrlar bilan muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor va yoshlar o‘rtasida muloqot, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Avvalroq, bakalavr bosqichida tahsil olayotgan yigit-qizlar bilan “Rektor va talabalar” mavzusida muloqot o‘tkazilgan bo‘lsa, navbatdagi uchrashuvda Akademiyaning magistratura bosqichi talabalari qatnashdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvni Akademiya rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yurtimizda barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotgani, ularni bilim olish, tadbirkorlik, kasb-hunar egallashlari uchun tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Akademiya rektori magistrlarning muomala madaniyati, xulqi-odobi, ta’lim olishga bo‘lgan shijoati bakalavr bosqichida o‘qiyotgan talabalarga o‘rnak bo‘lishi zarurligini, buning uchun esa magistrlar shaxsiy namuna ko‘rsatishi, Akademiyaning ichki tartib-qoidalariga rioya etishi shart ekanligini qayd etdi.
Bu borada mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘zlarining odob-axloqi, yuksak tafakkuri, aql-idroki bilan boshqa oliy ta’lim muassasalarining yoshlariga namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, takliflari bilan murojaat qilishdi. Muloqot yakunida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish