591

Dissertatsiya himoyalari muvaffaqiyatli o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Abu Shakur Keshiy “Tamhid” asarining moturidiya ta’limoti rivojida tutgan o‘rni” mavzusida Toshkent islom instituti Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi mudiri, tadqiqotchi Soatmurot Primovning 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi doirasida islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi. 

Dissertatsiyaning “XI-XII аsrlarda moturidiya ta’limoti rivojini tadqiq etishning nazariy asoslari”, “Abu Shakur Keshiy “Tamhid” asarida moturidiya ta’limotining aks etishi” va “Tamhid” asarining zamonaviy aqidaviy masalalar yechimidagi ahamiyati” kabi boblarida mavzu to‘laqonli tarzda ochib berilgan.

Shu kunning o‘zida “Imom Buxoriyning “al-Jome’ as-sahih” asaridagi tafsir ilmiga oid qarashlari” mavzusida tadqiqotchi Azizxo‘ja Inoyatovning 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligi doirasida islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi ham bo‘lib o‘tdi.

Muhim mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot “IX asr tafsir ilmi rivojini o‘rganishning nazariy masalalari”, “Imom Buxoriy “al-Jome’ as-sahih” asarining naqliy tafsir an’analari shakllanishidagi o‘rni” hamda “Imom Buxoriyning Qur’on oyatlarini sharhlashdagi yondashuvi xususiyatlari” kabi boblardan iborat.

Muhokamalar davomida tadqiqot ishi atroflicha tahlil etildi. Mavzu yuzasidan qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari dissertatsiyalarning ilmiylik darajasi yuqori ekanligini qayd etishdi.

Ilmiy majlis yakunida kengash a’zolari tomonidan Soatmurot Primov Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligidan islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini hamda Azizxo‘ja Inoyatov esa Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligi doirasida islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib ekani bir ovozdan ma’qullandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish