344

“Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Islomshunoslik” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati “Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Akademiyaning “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Toxirjon Xatamov hamda “Islomshunoslik” fakulteti 2-bosqich tyutori Botirbek Majidov hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlat bayrogʻi – bu har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifoda etuvchi timsol ekanligi ta’kidlandi. Yoshlarga g‘ururimiz timsoli bo‘lgan bayroq qadim zamonlarda ham biz uchun qadrli bo‘lganligi tarixiy misollar bilan tushuntirildi.

Harbiy urushlar chogʻida askarlar jon fido qilib boʻlsa-da, Vatan bayrogʻini boshi uzra baland koʻtarishga harakat qilgan,deydi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Toxirjon Xatamov.Chunki bayroq yoki bayroqdorning qulashi – bu magʻlubiyatni ifoda etgan boʻlsa, uning magʻrur hilpirab turishi askarlarga ruhiy madad boʻlgan.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish