“Yangi O‘zbekiston” bog‘i — tarix va buyuk meros timsoli
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining 1-kurs talabalari uchun “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiyadan asosiy maqsad — yurtimizning boy tarixi, diqqatga sazovor obidalari va tarixiy manzilgohlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglashdan iborat.
Majmuada buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari o‘z aksini topgan. Xalqimizning og‘ir va mashaqqatli sinovlari, qatag‘on siyosati hamda Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan jasorat va matonati ta’sirchan lavhalar orqali namoyon etilgan.
Majmuaning har bir qismi milliy tariximiz va buyuk ajdodlarimiz merosini yodga soladi. Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hamda ulug‘ mutafakkirlarimizning jahon ilm-faniga qo‘shgan beqiyos hissasi yosh avlod qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.
Tinchlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo‘lgan Humo qushi esa monumentning eng yuqori qismida go‘yoki uning gultoji sifatida qad rostlagan.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘i — xalqimizning boy tarixi, buyuk ajdodlari va yorug‘ kelajagini o‘zida mujassam etgan betakror majmuadir.


Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish