1

Konstitutsiya va qonunlarga hurmat - huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatining asosi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Axborot xavfsizligini boshqarish” 4-kurs talabalari ishtirokida “Konstitutsiya va qonunlarga hurmat - huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatining asosi” mavzusida binar dars tashkil etildi.

Binar darsni “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsent v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shohista Xudayberdiyeva hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Alimjon Dadamuxamedov hamkorlikda olib bordilar.

Dars davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonun ustuvorligi, huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari misollar asosida yoritildi.

Binar darsning o‘ziga xos jihati mavzuning huquqiy hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq jihatlarini uyg‘un holda yoritish bo‘ldi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish