585

Til bilgan – el biladi

Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhim hisoblanadi.  Globallashuv davrida bu zamon talabi bo‘lib qolmoqda. 

E’tirof etish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun mahorat darslari, o‘quv kurslari, turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Bugun ana shunday loyihalardan biri bo‘lgan “Ted talks” loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Chet tillari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chiniyeva, “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Qizg‘in muloqot davomida talabalar ingliz tilida o‘zlari erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berishdi. Tengdoshlariga vaqtdan unumli foydalanish, bilim olishdan to‘xtamaslik zarurligi haqida so‘z yuritishdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish