222

Doktoranturaga kirish imtihonlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘yicha ilmiy salohiyati hamda ushbu masalalarni chet tilida bayon qilish qobiliyati sinovdan o‘tkazilyapti.

Xususan, bugungi imtihonlarda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston kabi davlatlardan kelgan talabgorlar o‘z ixtisosliklari doirasida ilmiy faoliyat olib borish maqsadida suhbatdan o‘tmoqda.

Doktoranturaga kirish imtihonlari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

Izohlar