Akademiya o‘qituvchisi “Yil ayoli” milliy tanlovi g‘olibasiga aylandi
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. So‘nggi yillar mobaynida bu borada tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yurtimiz rivojiga ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oila va farzand tarbiyasida ibrat, oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda.
Quvonarlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ra’no Urazova mazkur tanlovning tuman bosqichida faol ishtirok etib, “Yilning eng faol olima ayoli” deb e’tirof etildi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Ra’no Urazovani mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Mehribon va jonkuyar Ra’no Urazovaga oilaviy totuvlik, uning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish