438

Yaponiyalik professor Akademiyada mehmon bo‘ldi

Saylov – 2021

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Yaponiyaning Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti professori Manabu Shimizu tashrif buyurdi.

Mehmonni Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani A.Abdirashidov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri O.Astanaqulov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Sobirov samimiy kutib oldi.

Jahonda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishni istagan professor Manabu Shimizu dastlab akademiyaning “Manbalar xazinasi” bo‘limida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar, toshbosma asarlar, bo‘lim faoliyati, ilmiy xodimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan qiziqdi.

Shundan so‘ng, taniqli olim bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hozirgi globallashuv davrda tez fursatlar bilan taraqqiy etayotgan sohalar, jumladan, dunyo olimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarining natijalari va yutuqlari haqida so‘z bordi.

Shuningdek, martabali mehmon muloqot davomida O‘zbekistonda yana bir bor mehmon bo‘lib turganini, har safar kelganida o‘ziga xos taassurotlarga ega bo‘layotganini ta’kidladi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Markaziy Osiyoda yagona ta’lim muassasasi hisoblanishi va Yaponiya universitetlari bilan ta’lim sohasidagi do‘stona hamkorlik munosabatlari har ikki davlat yoshlari uchun manfaatli ekanini qayd etdi. 

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan professor Manabu Shimizuga yuzlanishdi. Mazmunli o‘tgan tadbir yakunida mutasaddilarga minnatdorchilik bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish