446

Islom taraqqiyot banki: hamkorlik yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2019-yil 6-aprel sanasida Memorandum imzolangan bo‘lsa, joriy yilning 4-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda Islom taraqqiyot bankining loyiha koordinatori Nedal Ali, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Husan Hasanov hamda Akademiya vakillari ishtirok etishdi. 

Onlayn muloqot davomida o‘zaro hamkorlikning ayni paytdagi holati va uni yaqin istiqbolda kengaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi. Islom taraqqiyot bankining loyiha koordinatori Nedal Ali ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqalarni yuqori baholab, kelgusida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurish niyatida ekanligini bildirdi. 

Muloqot yakunida tomonlar mazkur uchrashuv o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish