1

Akademiyada “Oltin davrim” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri ötkazildi

Bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi hamda “Oltin davrim” şiori ostida “Talabalar sayli” maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bölib ötdi.

Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-öqituvçilar, xodimlari hamda talabalar iştirok etdi.

Bayram saylini Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi birinçi prorektori Habibullo Sadibaqosev hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston xalq şoiri, Akademiya Jamoatçilik Kengaşi raisi Iqboljon Mirzaaliyev kiriş sözi bilan oçib berişdi.

Tadbirda söz olganlar tomonidan yurtimiz bayroği nafaqat Özbekiston Respublikasi davlat ramzi, balki xalqimizning, şu yurtda tuğilib, şu zaminning mehridan qonib yaşayotgan turli millat va elatlarning tinçligi, hamjihatligi timsoliga aylanganligi, u yurtdoşlarimiz qalbiga faxr-iftixor tuyğusini solib, ularni tinçlikka, ezgulikka, ertangi kunga umid va işonçini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muqaddas ramz ekanligi taʼkidlandi.

Bayram tadbirida talabalar tomonidan şeʼr-qöşiqlar ijro etildi, tadbir iştirokçilari eʼtiboriga sahna körinişlari havola etildi.

Akademiya foyesi böylab fakultetlar tomonidan joylaştirilgan körgazma, milliy taomlar yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Taʼkidlaş joiz, mazkur bayram tadbiri bilan bir qatorda “Yoşlar oyligi” doirasida talabalar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida Özbekiston xalqaro islom akademiyasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, şaxmat-şaşka turlari böyiça “Rektor kubogi” bellaşuvlari ötkaziladi. Talabalarning bilim doirasi, tafakkurini oşiriş maqsadida “Zakovat” intellektual öyinlari muntazam taşkil etiladi.

Talabalar saylida “Eng faol va kreativ jamoa”, “Eng yaxşi bezatilgan joy”, “Eng quvnoq öyinlar taşkilotçisi”, “Eng yaxşi bezatilgan dasturxon” hamda “Eng faol iştirokçilar jamoasi” nominatsiyalari böyiça ğoliblar taqdirlandi.

Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish