1

“Diniy bağrikenglik” kökrak nişonini topşiriş marosimi bölib ötdi

Bugun Din işlari böyiça qömitada 16-noyabr – Xalqaro bağrikenglik kuni” munosabati bilan bir guruh yurtdoşlarimiz “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat taşkilotlari, diniy konfessiyalar vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlaşga munosib hissa qöşib kelayotgan hamyurtlarimiz, şuningdek, OAV vakillari iştirok etdilar.

Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davronbek Maxsudov tantanali marosimda sözga çiqib, mukofot sohiblarini samimiy tabrikladi. U yurtimiz ravnaqi va maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlaş yölida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizga muvaffaqiyatlar tilab, kökrak nişonlarini egalariga topşirdi.

Maʼlumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi “Diniy bağrikenglik” kökrak nişonini taʼsis etiş töğrisida”gi qaroriga köra, uşbu kökrak-nişoni bilan diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni tarğib etiş, fuqarolar eʼtiqod erkinligini taʼminlaş, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlaş va maʼnaviy muhit barqarorligini saqlaşdagi ibratli işlari uçun yetuk ulamolar, atoqli arboblar, diniy soha rahbarlari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda xorijiy olimlar taqdirlanişi belgilangan.

Quvonarlisi, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasining bir guruh professor-öqituvçilari hamda xodimlari “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni bilan taqdirlandilar. Xususan:

Moliya-iqtisod işlari böyiça prorektor Salim Dusanov;

Mumtoz şarq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov;

“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori Şohida Sodiqova;

Öquv-uslubiy boşqarma boşliği Zokirjon Röziyev;

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti Gulnora Ğulomova,

“Dinşunoslik va jahon dinlarini qiyosiy örganiş UNESCO” kafedrasi öqituvçisi Ramziddin Isakjanov;

“Dinşunoslik va jahon dinlarini qiyosiy örganiş UNESCO” kafedrasi öqituvçisi Gulnora Xudoyberganova;

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti Yorqin Şukurov;

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi katta öqituvçisi Alimjan Dadamuxamedov taqdirlandilar.

Tadbir davomida sözga çiqqanlar davlatimiz rahbari tomonidan diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan izçil siyosat natijasida fuqarolarning vijdon erkinligi, dinlararo va millatlararo totuvlik taʼminlanayotgani, mazkur kökrak nişonining taʼsis etilgani va taqdim etilayotgani esa uşbu soha rivojiga bölgan yuksak eʼtiborning amaliy ifodasi ekanini taʼkidladilar.

Mukofotlanganlar öz çiqişlarida körsatilgan hurmat va eʼtibor ularga yangi masʼuliyat va kuç-bağişlaşini, yoş avlodni bağrikenglik va totuvlik ruhida tarbiyalaş yölida yanada fidokorona xizmat qilişga undaşini bildirdilar.

Izoh qoldirish