Bir Vatan, bir el, bir bayroq – milliy ğururimiz timsoli
Özbekiston Respublikasi davlat bayroği bu xalqimizning asriy orzulari, milliy ğururi, tarixiy xotirasi va bugungi mustaqil hayotining yorqin ramzidir. Har gal kök, oq va yaşil ranglar uyğunligida hilpiragan bayroğimizni körganimizda, yuragimizda faxr, ğurur, sadoqat va mehr tuyğulari uyğonadi.
Joriy yilda Özbekiston Respublikasining “Davlat bayroği töğrisida”gi qonuni qabul qilinganiga 35 yil töldi. Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan taşqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayroği – mamlakat suverenitetining ramzi bölib tarixdan örin egalladi.
Ayni paytda yurtimiz böylab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda. Sana munosabati bilan Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida ham bayram tadbiri taşkil etildi.
Bayram tadbirida Akademiya rahbariyati, fakultet dekan va örinbosarlari, kafedra mudirlari, bölim boşliqlari, professor-öqituvçilar, xodimlar, tyutorlar hamda talabalar iştirok etdi.
Dastlab davlat madhiyamiz yangrab, Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği moviy osmon sari kötarildi. Har bir kişi qalbida Vatanga bölgan muhabbat, milliy qadriyatlarni özida aks etgan davlat ramzlariga bölgan çeksiz hurmat mustaqil, ozod va obod, jannatmakon Özbekistonda yaşayotgan barça fuqarolarni bir maqsad sari birlaştirib, köksimizni faxr va iftixorga töldiradi.
Tadbirda söz olganlar tomonidan yurtimiz bayroği nafaqat Özbekiston Respublikasi davlat ramzi, balki xalqimizning, şu yurtda tuğilib, şu zaminning mehridan qonib yaşayotgan turli millat va elatlarning tinçligi, hamjihatligi timsoliga aylanganligi, u yurtdoşlarimiz qalbiga faxr-iftixor tuyğusini solib, ularni tinçlikka, ezgulikka, ertangi kunga umid va işonçini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muqaddas ramz ekanligi taʼkidlandi. Şundan söng Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligiga bağişlangan tadbir “Oltin davrim” şiori ostida “Talabalar sayli” maʼnaviy-maʼrifiy şodiyonasiga ulanib ketdi.
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish