AQŞ diniy-maʼrifiy soha vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Poytaxtimizdagi Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida Amerika Qöşma Ştatlarining Iso Masih Oxirgi zamon avliyolari çerkovining Ön ikki havoriylar kvorumi aʼzosi Elder Gari Stevenson hamda çerkov rahbariyati vakili Jak Jerard boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.
Hurmatli mehmonlarni Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-maʼrifiy masalalar böyiça maslahatçisi, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiq Toşboyev hamda Akademiya vakillari kutib oldi.
Suhbat avvalida rektor Muzaffar Kamilov mehmonlarni yurtimizga taşrifi bilan qutlab, hozirgi kunda ikki davlat örtasidagi aloqalar Prezidentlar – Şavkat Mirziyoyev va Donald Trampning döstona munosabatlari tufayli oliy darajada ekanligini taʼkidladi.
Uşbu uçraşuvlarda va aloqalarning rivojlanişida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning xizmatlari borligi alohida eʼtirof qilindi.
2025-yilda taşkilot rahbari David Bednard boşçiligidagi delegatsiya Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingani va Prezidentning barça sohalarda olib borilayotgan keng kölamli islohotlari qisqa muddatda özining samarasini körsatayotganini aytib ötdi. Xususan, ikki davlat örtasida iqtisodiyot, siyosat va taʼlim sohalarida aloqalar tobora rivojlanayotganini alohida qayd etildi.
Öz navbatida, AQŞ delegatsiyasi vakillari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar va mamlakatning xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi saʼy-harakatlariga ijobiy munosabat bildirib, özaro manfaatli aloqalarni kengaytiriş muhimligini taʼkidladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan barça sohalarda olib borilayotgan keng kölamli islohotlari qisqa muddatda özining samarasini körsatayotganini aytib ötdi. Xususan, ikki davlat örtasida iqtisodiyot, siyosat va taʼlim sohalarida aloqalar tobora rivojlanayotganini alohida qayd etildi.
Muloqot davomida Akademiyada tayyorlangan va ingliz tiliga tarjima qilingan “Islom ensiklopediyasi” kitobini tahrirlaş jarayonida hamkorlik qiliş, Yuta ştatidagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ingliz tili öqituvçilar uçun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida soha va darajalarga bölgan holatda öqitiş böyiça trenerlarni tayyorlaş, ilmiy tadqiqot olib borayotgan diniy soha vakillariga ingliz tilini örgatiş böyiça maxsus öquv dasturini işlab çiqiş kabi masalalar kun tartibida böldi.
Kelgusidagi hamkorlik aloqalari yöl xarita asosida davom ettirilişi kelişib olindi.
Yakunda mehmonlar yuqori darajadagi hurmat va mehmondöstlik uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Uçraşuv samimiy va kötarinki ruhda bölib ötdi. Esdalik sovğalari almaşildi.
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish