2

Akademiya talabasi Qozonda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada sovrindor bo‘ldi

Joriy yilning 19-22-oktabr kunlari Qozon shahrida Qozon shahrida Islom ilmlari va arab tili bo‘yicha IV xalqaro olimpiada hamda “Madaniyatlar muloqoti: Rossiya – islom dunyosi” mavzusida xalqaro talabalar forumi o‘tkazildi.

2023-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan olimpiadada Oʻzbekiston, Rossiya, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Janubiy Afrika, Serbiya hamda Bosniya va Gersegovinadagi islomiy oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Nufuzli ilm bellashuvida “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Mirodil Haydarov boshchiligidagi Akademiya talabalaridan iborat delegatsiya ham qatnashdi.

Mazkur olimpiada xorijiy oliy diniy taʼlim muassasalari va xalqaro islom tashkilotlari bilan akademik aloqalarni mustahkamlash, professor-oʻqituvchilar va talabalarga islom ilmlari hamda arab tilini oʻqitish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani bevosita oʻrganish imkonini berish hamda Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va diniy bagʻrikenglik siyosati natijalarini xalqaro miqyosda keng tanishtirish imkoniyatini beradi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mumtoz sharq filologiyasi fakultetining 4-kurs talabasi Muxlisa Mirzaxonova faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan Muxlisa Mirzaxonovani mazkur yutug‘i bilan muborakbod etamiz. Ishtirokchi talabalarimizga ham minnatdorlik bildirib qolamiz. 

Izoh qoldirish