Vashingtonda diniy erkinlik va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Vashington shahrida joylashgan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov hamda “Qo‘shningizni seving” (Love Your Neighbor) nodavlat tashkiloti asoschisi va prezidenti Veyd Kuzak, Global hamkorlik instituti faxriy prezidenti, xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha yetakchi ekspert Kris Saypl o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda diniy erkinlikni ta’minlash, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, radikallashuvning oldini olish va deradikalizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, O‘zbekiston – AQSh o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xorijlik ekspertlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ochiqlik siyosati va izchil islohotlarni yuqori baholadilar. Xususan, davlat va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash hamda jamiyatda diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, diniy erkinliklar sohasidagi islohotlar natijadorligini xalqaro mezonlar asosida baholash, mustaqil ekspertlar ishtirokida qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazish, Konfessiya ishlari bo‘yicha kengash faoliyatiga xorijiy mutaxassislarni jalb etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va AQShning nufuzli ekspertlik hamda jamoat tashkilotlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro ekspertlar ishtirokida maxsus o‘quv dasturlari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish