1

Maʼnaviy meros makoni

Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari Oʻzbekiston va dunyo boʻylab vatandoshlarimiz tomonidan keng nishonlanmoqda. Mana shu munavvar lahzalarda aytilgan gaplar toʻliq samimiyatga yoʻgʻrilgan boʻladi. Yangi Oʻzbekiston davridagi oʻzgarishlar tahsinga loyiq va unga yetarli soʻz ham topa olmaymiz. Tarixlar guvohki, yurtimiz tamaddunlar beshigi hisoblanadi.

Prezidentimiz bejiz Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini ochgani yoʻq. Bu muazzam dargoh koʻrgan odamni hayratga soladi. U yerda ming yillar avval ham zaminimizda ilm-fan, madaniyat, sanʼat keng rivojlanganiga guvoh boʻlamiz. Minglab qoʻlyozma asarlar, manbalarning oʻzi butun dunyoni ilmga toʻldirgan, haliyam ulardan manfaat olish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, dunyo olimlari “Oʻzbekiston – allomalar yurti”, “Oʻzbekiston – qoʻlyozmalar xazinasi, maʼnaviy meros makoni” deb atashadi.

Zohidjon Islomov,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori,

“Imom Buxoriy” ordeni sovrindori

Manba: “Jadid’ gazetasi 2026-yil 28-avgust, 34-son

Gazetani yuklab olish uchun

 

Izoh qoldirish