Muzaffar Kamilov AQSH Davlat departamenti vakili Rayli Barns bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Kamilov AQSH Davlat departamentida demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha davlat kotibi yordamchisi Rayli Barns bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Rayli Barns 2024 yilda oilasi bilan O‘zbekistonga amalga oshirgan sayohati haqida iliq taassurotlarini bildirib, Samarqandning boy tarixiy merosi, xalqimizning mehmondo‘stligi va milliy madaniyati ularda unutilmas taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Shuningdek, u 2018 yilda AQSHning diniy erkinlik masalalari bo‘yicha sobiq elchisi Sem Braunbek boshchiligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga qilgan tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdi.
Uchrashuv davomida Rayli Barns O‘zbekiston bilan ochiq va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirib, mavjud masalalarni o‘zaro ishonch, amaliy hamkorlik va doimiy maslahatlashuvlar orqali hal etish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida shakllangan yuksak ishonch barcha sohalardagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.
Tomonlar uchrashuv davomida diniy erkinlikni ta’minlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, radikallashuvning oldini olish, Afg‘oniston va Yaqin Sharqdagi jarayonlarning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
AQSH tomoni mazkur yo‘nalishlarda O‘zbekiston amalga oshirayotgan bosqichma-bosqich islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini, ekspertlik hamda amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Rayli Barns O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rni, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash va ma’rifatni rivojlantirish borasidagi tajribasini yuksak baholadi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyatiga alohida qiziqish bildirib, Akademiyani qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalariga jalb etish istiqbollarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Rayli Barns O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uchrashuv ochiq va ishonchli ruhda o‘tib, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida diniy-ma’rifiy muloqot, xavfsizlik, inson huquqlari hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan mushtarak intilish yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish