Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kengashi raisi Akademiyada
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, madaniy-ma’rifiy, turizm, ilm-fan sohalaridagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tdi.
Unda Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kengashi raisi Ahmad Muzani, Indoneziya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi bo‘yicha Favqulodda va muxtor elchisi, professor Siti Ruhaini Juhayatin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Hurmatli mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchilidagi Akademiya jamoasi kutib oldi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, jamiyatda bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga chiqqani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, turizm, islom iqtisodiyoti, islom bank tizimi kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama qo‘shma ta’lim dasturlari, seminarlar, konferensiyalar tashkil etish va ilmiy jurnallarda maqolalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalasi kun tartibida bo‘ldi.
Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi hamda tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Yakunda ilmiy hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir doirasida mehmonlar muassasa hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Yunusxon, Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.
Ekskursiya davomida allomalar hayoti, ilmiy merosi, maqbaraning bugungi kundagi ahamiyati, bu yerga keladigan ziyoratchilar tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Ziyorat mehmonlarda katta taassurot qoldirib, o‘tganlarning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish