Hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda ekspertlari tashrif buyurdi.
Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Akademiya rektori maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, prorektorlar Olim Astanakulov, Ilhom Bekmirzayev, Mahfuza Alimova, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov va “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori Mirmuhsin Akramov ishtirok etdi.
Suhbat avvalida rektor maslahatchisi mehmonlarni Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, mehmonlarga Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan “Ziyo” media markazi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Shuningdek, Akademiyada davlat taʼlim muassasasi sifatida islomshunoslik, dinshunoslik kabi akademik taʼlim yoʻnalishlari bilan bir qatorda, xalqaro moliya, informatika va axborot texnologiyalari, psixologiya kabi zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari borligini qayd etdi.
Bugungi kunda Akademiyada yuqoridagi barcha yoʻnalishlarda, xususan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasida qator ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgani va taʼlimda zamonaviy innovatsion yondashuvlar amalga oshirilayotganini qoʻshimcha qildi.
Oʻz navbatida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda ekspertlari Buyuk Britaniya hukumati dunyo mamlakatlari bilan taʼlim, fan va xavfsizlik masalalarida hamkorlik oʻrnatishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Jumladan, bugungi delegatsiya zoʻravon ekstremizm va radikalizm tahdidlari bilan kurashuvchi kommunikatsion boʻlim xodimlari ekanligini taʼkidlab, tashrifdan asosiy maqsad sohada tajriba almashish ekanligini bildirdi.
Bunga javoban, Oʻtkir Hasanboyev faoliyat jarayoni haqida ma’lumot berdi.
Muloqot davomida tomonlar kelgusida ham oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida delegatsiya aʼzolari Akademiya Manbalar xazinasida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishdilar hamda tashkil etilgan yuqori darajadagi qabul uchun minnatdorlik bildirdilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish