Avval iqtisod...
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi insoniyat tarixining deyarli har bir davrida yangi g‘oya va qarashlar, yangi yondashuvlar bilan boyib kelgan. Iqtisodiy fikrning rivojlanishi faqat akademik muhokamalar doirasida qolmay, balki davlatlar siyosatiga, jamiyat tuzilishi va odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan. Klassik iqtisodiyotdan tortib, zamonaviy xulqatvor iqtisodiyotigacha bo‘lgan yo‘l – bu insoniyat aqlining uzluksiz izlanishi va kashfiyotlari tarixi hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, bu maktablarning birontasi mutlaq to‘g‘ri yoki mutlaq noto‘g‘ri ham emas. Har biri o‘z davri muammolarini hal etishga uringan, o‘z davri sharoitiga mos javoblarni izlagan. Aynan shu sababli zamonaviy iqtisodchilar ko‘pincha turli maktablarning g‘oyalarini sintez qilib, aralash yondashuvlardan foydalanadilar.
Iqtisodiy fikrning zamonaviy tarixi shotlandiyalik mutafakkir Adam Smitning 1776-yilda nashr etilgan “Xalqlar boyligi” asari bilan boshlanadi deb hisoblanadi. Smit birinchi bo‘lib iqtisodiyotni mustaqil fan sifatida tizimlashtirdi va “ko‘rinmas qo‘l” nazariyasini ilgari surdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, har bir inson o‘z manfaatini ko‘zlab harakat qilganida, bozor mexanizmi resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi.
Klassik maktabning vakillari David Rikardo, Tomas Maltus, Jon Stuart Mill bu g‘oyalarni yanada rivojlantirdi. Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasi xalqaro savdoning asosini tushuntirib berdi. Erkin bozor, raqobat, narx mexanizmi va davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuvi klassik maktabning asosiy tamoyillari edi.
Nurislom To‘xliyev,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik
Manba: “Jadid” gazetasi 2026-yil 15-may, 20-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish