1

Akademiyada o‘tkazilgan xalqaro seminar yakunlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi vakillari tomonidan xalqaro ilmiy seminar o‘tkazilayotgan edi.

Bugungi yakuniy seminarda ham Akademiya bilan birgalikda ekstremizmga qarshi loyihalar, videoroliklar, soha mutaxassislari ishtirokida video qo‘llanmalar, risolalar tayyorlash haqida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Seminar davomida xorijlik ekspertlar tomonidan “Ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshirish”, “Ma’lumotlarni tahlil qilish va natijalarni sharhlash”, “Refleksiya va o‘rganilgan saboqlardan foydalanish” kabi sessiyalar doirasida ma’ruzalar qilindi.

Terrorizmga qarshi kurashdagi xorij tajribasi, O‘zbekistonning bu boradagi keng jamoatchilik uchun namunaviy pozitsiyasi, soha mutaxassislari, ekspertlarning raddiya videolarni tayyorlashda ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Bu kabi seminarlar Akademiya professor-o‘qituvchilarining turli internet manbalari vositasida yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, jamiyatda diniy mutaassiblikning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaslik, terrorristik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi aholida immunitet hosil qilishlariga yordam beradi.

Shu bilan to‘rt kun davom etgan seminar yakuniga yetdi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish